Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Institut vakillari Qoʻshrabot tumani maktablarida bayram uyushtirdilar

  Samarqand davlat tibbiyot institutini bir guruh vakillari Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumaniga tashrif buyurishdi. Jumladan, stomatologiya fakulteti dekani A.Axmedov, dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar hamda bolalar stomatologiyasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari Qoʻshrabot tumanidagi 32 va 39-sonli umumtaʼlim maktablarida boʻldilar.

  Tashrif davomida maktab oʻquvchilari uchun turli koʻngilochar tadbirlar, bayram dasturlari hamda konsert dasturi namoyish etildi, esdalik sovgʻalari ulashildi. Bundan tashqari, institutni malakali xodimlari tomonidan maktab oʻquvchilari stomatologik koʻrikdan oʻtkazildi.

  Tuman maktablarini maʼmuriyati amaliy tashrif uchun institut rahbariyatiga minnatdorchiliklar bildirdi.






SamDTI matbuot xizmati