Samarqand davlat tibbiyot institutida Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakili Saloxiddinxoʻja Suratxoʻdjaevni talaba-yoshlar bilan uchrashuvi oʻtkazildi. Davra suhbatida institut talabalari, tyutorlar, dekanat xodimlari ishtirok etdilar.
Davra suhbatini Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiyishlar boʻyicha prorektori Eldor Tangirov ochib berdi. Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakili Saloxiddinxoʻja Suratxoʻdjaev tomonidan “Malayziyada tibbiy taʼlim tizimi” mavzusida chiqish qilinib Malayziyada taʼlim tizimi taʼrixi, oʻziga xos tomonlari, taʼlim-tarbiyani mamlakatimizdagidan farqi, oliy taʼlim tizimidagi oxirgi oʻzgarishlar haqida batafsil tushuntirildi. Shuningdek, suhbat davomida Samarqandda Umumjahon talabalar forumini oʻtkazish, tibbiyotda boʻlayotgan yangiliklar, tibbiyot kasbining mashaqqatlari va hozirgi kunda ingliz tilini mukammal bilish toʻgʻrisida ham toʻxtalib oʻtildi.
Tadbirda talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javoblar olishdi.
SamDTI matbuot xizmati