Samarqand davlat tibbiyot instituti magistratura rezidentlari Z.A. Shopulotova va Sh.A. Shopulotovlar “Practice room for medical students” innovatsion loyihasi bilan “Oʻzbekiston yoshlar forumi — 2021” doirasida 21-22 dekabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar-kelajagimiz jamgʻarmasi va UNDP tomonidan tashkil etilgan “Startap tashabbuslari” dasturining 5-davri yakuniy bosqichida ishtirok etib gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Gʻoliblarga tegishli sertifikat va 50 million soʻmlik maqsadli grant tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur loyiha ustida talabalarimiz bir yildan ortiqroq vaqt mobaynida D.Ahmedjanova, Sh.Toshpoʻlatova hamda D.R. Xudoyorova bilan birgalikda bir jamoa boʻlib ish olib borgan va loyihani munosib baho olgani mashaqqatli mehnatni ijobiy natijasi boʻldi.
Loyiha barcha ishtirokchilarini tabriklaymiz, yangi omadlar va yutuqlar tilab qolamiz!
SamDTI matbuot xizmati