22-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-son talabalar turar joyida “Is gazi bilan zaharlanishning oldini olish va birinchi yordam koʻrsatishning zamonaviy tadbirlari” mavzusida talabalar bilan davra-suhbati oʻtkazildi.
Uchrashuvda pediatriya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi professor-oʻqituvchilari mavzu boʻyicha maʼruzalar qilib, talabalarga kerakli bilim va koʻnikmalarni ulashdilar. Shuningdek, mavzu yuzasidan videoroliklar, taqdimotlar hamda interaktiv oʻyinlar namoyish etildi. Faol qatnashganlar esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.
SamDTI matbuot xizmati