Samarqand davlat tibbiyot institutida respublikamizni taniqli nevrolog-psixolog olimlaridan biri, Toshkent tibbiyot akademiyasi asab kasalliklari kafedrasi professori Zarifboy Ibodullayevni talabalar bilan uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuvni institut rektori professor Jasur Rizaev ochib berdilar.
Zarifboy Ibodullayev tomonidan “O'zbekistonga tibbiy pisixologiya va psixosomatik tibbiyot naqadar zarur?” mavzusida ma'ruza o'qildi hamda o'z faoliyati haqida talabalarga so'zlab berildi. Uchrashuv mehmoni institut rektoriga o'zi yozgan asarlarni taqdim etdilar.
Uchrashuv professor-o'qtuvchilar hamda talabalar tomonidan qizg'in savol - javob shaklida yakuniga yetdi.
SamDTI matbuot xizmati