Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Institut talaba-yoshlari tomonidan Yangi yil bayrami tashkil qilindi

  21-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti dekan oʻrinbosarlari D.Sh.Fayzullayev, N.X.Islamov, fakultet tyutorlari va talabalari 1-son mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini kirib kelayotgan Yangi 2022-Yil bilan tabrikladilar.

  Tashrif bolajonlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Uchrashuv davomida ular bilan turli oʻyinlar tashkil etildi, tadbir soʻngida esa esdalik sovgʻalari ulashildi. Mehribonlik uyini mutasaddilari muntazam tashriflar uchun institut rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik izhor qildi.




SamDTI matbuot xizmati