Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTI 1-son klinikasida bariatrik operatsiyalar boʻyicha master-klass oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot institutining “Zamonaviy xirurgiyasi gorizontlari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida tashrif buyurgan mehmonlar institut klinikasi xodimlari uchun turli mahorat darslarini ham oʻtmoqdalar. Xususan 1-son klinikasida 2021 yil 15-20 dekabr kunlari A.M. Nikiforov nomidagi Umum Rossiya shoshilinch va radiatsion tibbiyot Markazi (S-Peterburg sh., Rossiya) yetakchi mutaxassislari tomonidan bariatrik operatsiyalarni qoʻllash boʻyicha master-klass oʻtkazilmoqda.

  Master-klass jarayonida “Morbid semizlikda bariatrik operatsiyalar”, “Minigastroshuntirovanie”, “Meʼdaning koʻndalang rezeksiyasi”, “Oʻt tosh kasalligida bir vaqtning oʻzida laparoskopik va rentgen-endobiliar texnologiyalarni qoʻllab oʻtkaziladigan operatsiyalar”, “Churra kasalligida total ekstraperitonial plastikani qoʻllash” kabi murakkab jarrohlik amaliyotlari bajariladi. Shu qatori, klinikada akad. V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya Markazi xodimlari bilan ham buyrak transplantatsiyasini oʻtkazishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.



SamDTI matbuot xizmati