Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Turkiyaning “MILCARE” kompaniyasi bilan hamkorlik oʻrnatildi

  Samarqand davlat tibbiyot institutiga“MLPCARE” (Turkiya) kompaniyasini bir guruh vakillarini ishchi tashrifi amalga oshirildi.

  “MLPCARE” kompaniyasi jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy strategiyasi, uni eng muhim yoʻnalishlarda integratsiya qilish vazifalari standart funksiyalar boʻyicha koʻmaklashadigan tashkilot hisoblanadi. Tashrifdan asosiy koʻzlangan maqsad — SamDTIning klinik bazalari hamda talabalar bilimini Turkiyning yetuk shifoxonalarida amaliyot oʻtkazish orqali kuchaytirish.

  Delegatsiya aʼzolari Semra Sönmez — xalqaro marketing va klinikalarni rivojlantirish boʻyicha direktor oʻrinbosari, Alina Ay — O’zbekiston bo’yicha klinikalarni rivojlantirish ma’sul mutaxassisi, Aziz Beshimov — xalqaro marketing masʼul xodimi, — institut rektori Jasur Rizayev bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida gematologiya, onkologiya, buyrak transplantologiyasi, neyroxirurgiya yoʻnalishlari boʻyicha professor-oʻquvchilar hamda magistrlar, klinik ordinatorlarni malakasini oshirishga koʻmaklashish va davolash faolligini oshirish hamda kelgusida ikki tomonlama memorandum imzolashga kelishildi.


SamDTI matbuot xizmati