Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Institutda Davlat Madhiyamizning 29-yilligi munosib nishonlandi

  10 - dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun sifatida mamlakatimizda keng nishonlanadi. Bu yil Madhiyamiz qabul qilinganligiga 29-yil toʻldi.

  Shu munosabat bilan Samarqand davlat tibbiyot instituti klinik farmakologiya kafedrasi jamoasi tomonidan talabalar turar joyida uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda soʻz olganlar ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini qabul qilish tarixi, uning oʻrni va ahamiyati haqida maʼlumotlarni keltirdilar. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy oʻtmishimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuygʻular tarannum etilgan. Milliy Madhiya har bir fuqaroni qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusi, milliy gʻurur, faxr-iftixor, yurtga mehr-oqibat kabi his-tuygʻular uygʻotadi.

  Davlat Madhiyasi kuni shuningdek tantanali ravishda institutimizni barcha kafedra va kurslarida, professor-oʻqituvchilar va talabalarni ishtirokida tantanali ravishda oʻtkazildi.

  Istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorugʻ kelajagini sharaflovchi bu tarona asrlar osha baralla yangrayveradi.




SamDTI matbuot xizmati