Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv

  Samarqand davlat tibbiyot institutida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda “9 dekabr –Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlab Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Korrupsiya — rivojlanishimizga toʻsiq” mavzusida uchrashuv tashkil etishdi.

  Unda Samarqand viloyati DXX xodimi Aripov Elyorbek , Viloyat IIB masʼul xodimi Sadullayev Xamidullo, Viloyat test markazi boshligʻi Sirliboyev Voxid hamda SamDTI korrupsiyaga qarshi kurashishi boʻlim boshligʻi Xudoyarov Lochinbek, davolash ishi maʼnaviyat ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari Tolib Nabiyev, institut professor-oʻqituvchilari, tyuterlar va talabalari ishtirok etdilar.

  Hozirgi globallashuv zamoni, mintaqalar va davlatlararo integratsiya jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda barcha mamlakatlarda bir qator muammolarni keltirib chiqarib, jamiyatni ich-ichidan yemirib, parokanda qilib tashlashga qodir boʻlgan bir xavf mavjud. Bu oxirga paytlarda keng jamoatchilik orasida tez-tez tilga olinayotgan korrupsiya deb atalgan illatdir. Chunki, bugungi kunda biror-bir davlatni korrupsiyadan holi deb koʻrsatolmaymiz. Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib kelishini va korrupsiyani qanday illatlarga olib kelishi haqida hamda, taʼlim sohasidagi korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etilishi sabablarini kelib chiqishi haqida maʼlumotlar berib, universitet oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlishligini va korrupsiyaviy omillarni kamaytirish va bunda keng jamoatchilik ishtirokini kengaytirish haqida gapirib oʻtishdi.

  Bugun mamlakatimiz taʼlim tizimidagi korrupsion holatlarning oldini olish, oʻqituvchilar va talaba yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, OTMlarda “Korrupsiyaga qarshi nazorat va kurash va komplaens nazorat boʻlimi”ning tashkil qilinganligi, korrupsion holatlarni oldini olishda ham qator ishlar amalga oshirilganligini haqida tushunchalar berishdi.

  Muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda talaba-yoshlar erishayotgan yutuqlari, ularni qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdilar. Yigʻilish davomida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.




SamDTI matubot xizmati