Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Konstitutsiyamiz — baxtimiz qomusi!” mavzusida uchrashuvi boʻlib oʻtdi

  Samarqand davlat tibbiyot institutida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yillik bayrami munosabati bilan “Konstitutsiyamiz — baxtimiz qomusi!” mavzusida manaviy-maʼrifiy uchrashuvlar oʻtkazildi.

  7-dekabr kuni institut yangi binosini faollar zalida Bosh Qomusimizning 29-yilligiga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda institut tyutorlari, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tibbiy pedagogika, oliy hamshiralik va xalq tabobati fakulteti dekani S.E. Mamaradjabov uchrashuvni kirish soʻzi bilan ochib berdi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Aziza Maxmudova Konstitutsiyamizni mazmun-mohiyati, xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi va fuqarolar huquqlari kafolati, davlatchiligimizning qonuniy asosi ekanligi hamda yaratilish yoʻlidagi barcha islohotlarni batafsil gapirib berdilar. Shuningdek, uchrashuvda talabalar tomonidan Konstitutsiyaga bagʻishlangan sahnalar, sheʼriy va musiqiy chiqishlar namoyish qilindi.

  Uchrashuv jarayonida Konstitutsiyamizning asosiy gʻoyaviy mazmunini tashkil qiladigan koʻp millatli Ona Vatanimizda erkin demokratik jamiyat barpo etish, tinch va farovon hayot kechirish ezgu gʻoyalari ishtirokchilarga batafsil uqtirildi.





SamDTI matbuot xizmati