Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Uchinchi Renessansda Ibn Sino izdoshlari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

  2021 yil 3 — dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlikda “Uchinchi Renessansda Ibn Sino izdoshlari” respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Konferensiya ishida Turkiya, Qirgʻiziston Respublikasi Jalal-Obod ilmiy tadqiqot tibbiy-ijtimoiy instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tekshirish markazlardan ilmiy xodimlar va yosh tadqiqotchilar oʻzlarining ilmiy ishlanmalari bilan qatnashdilar.

  Konferensiyaning tantanali ochilish marosimida Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev, Sogʻliqni saqlash va tibbiyot fanlari Universiteti professori Aynur Feyzioğlu (Turkiya), Samarqand davlat tibbiyot instituti oʻquv ishlari prorektori Nargiza Yarmuxammedova, Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Nodirali Normaxamatovlar konferensiyada qatnashayotganlarga oʻzlarini iliq tilaklarni bildirdilar, shu kabi anjumanlarda ishtirok etish kelajakda yetuk shifokor sifatida shakllanishlarida zamin ekanligini taʼkidladilar.

  Konferensiya yalpi majlisi oltita shubalarda davom ettirildi. Bugungi kun farmatsevtika sohasining yutuq va kamchiliklari, taʼlimda innovatsion metodlarni qoʻllash tajribasi, birlamchi tibbiy yordamni rivojlantirish tamoyillari, ona va bolalikni muhofaza qilish strategiyasi, dermatovenerologiyaning zamonaviy istiqbollari, teri kasalliklarida estetikasi, tibbiyot va farmatsevtikada sud tibbiyotining oʻrni, ichki kasalliklarning dolzarb muammolari, xalq tabobati, Ibn Sino taʼlimotini qoʻllashning yangi istiqbollari kabi mavzularda chiqishlar va maʼruzalar qilindi. Konferensiya soʻngida diplom va sertifikatlar topshirish marosimi oʻtkazildi.

  Samarqand davlat tibbiyot institutida oʻtkazilgan “Uchinchi Renessansda Ibn Sino izdoshlari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi mamlakatimiz tibbiyot va farmatsevtika sohalarini yanada rivojlantirishda, akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.




Fotogalereya

SamDTI Matbuot xizmati