Xabaringiz bor, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” loyihasi doirasida mamlakatimizda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, bogʻlarga, hovlilar va koʻchalarda daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharimizdagi yashil maydonlarni koʻpaytirish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabatda 4 dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti jamoasi ham yaxshi niyat bilan “Yashil makon” loyihasi doirasida oʻquv binolar atroflari, klinikalar va talabalar turar joylari hovlilarida hovlisida daraxt koʻchatlari ekildi. Ekayotgan koʻchatlar shaharning ekologik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi, koʻchatlarning ildiz otib, sersoya daraxtlarga aylanishi uchun parvarishlash ishlarini ham olib borish rejalashtirib qoʻyildi.
SamDTI matbuot xizmati