Samarqand davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlarga psixologik yordam koʻrsatish imkoniyatlari muhokama qilish maqsadida seminar-trening tashkil qilindi. Uchrashuvda institut psixologi D.Djuraeva, fakultetlar
Institut psixologi D.Djurayeva soʻz boshida, oʻtkazilayotgan tadbiring mazmun-mohiyati va maqsadi, bugungi kunda psixolog xizmati faoliyati mohiyati va dolzarbligi hamda psixolog mutaxassislarning jamiyatimizda tutgan oʻrni nechogʻlik muhim ekani, hozirgi yoshlarimizda koʻp uchraydigan depressiya holati yoki jazavaga tushish holatlari. uni bartaraf qilish imkonlari haqida ilmiy misollar bilan tushuntirib oʻtdilar. Shuningdek, stress, uzoq muddatli depressiya, surunkali tushkun kayfiyat, muomalada qiyinchilik, shaxsiy psixologik muammolar, oʻqishda muammolar borasida, ijtimoiy va individual xarakterga ega muammolar mavjud boʻlgan talabalar institut psixologiga murojaat etish mumkinligi va ushbu murojaat maxfiy qolishi maʼlum qilindi.
Seminar-trening ishtirokchilari bilan
Uchrashuv savol-javoblarga boy, munozarali tarzda oʻtdi, ishtirokchilar oʻzlarini psixologik xususiyatlarini yanada bilishdi hamda kerakli tushunchalarga ega boʻlishdi.
SamDTI matbuot xizmati