Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Institut rektori uy sharoitida oʻqiyotgan oʻquvchilar holidan xabar oldi

“3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev Samarqand shahridagi 36-umumtaʼlim maktabining uy sharoitida yakka tartibda oʻqiyotgan bir qator oʻquvchilari holidan xabar oldi.

  Maktab oʻquvchilari Asadbek Temirtoshev, Jasur Djamoliddinov va Sevinch Axmadjonovalarni xonadonlarga tashrif buyurib institutimiz rektori bolalar va ularni ota-onalari bilan samimiy suhbatlashdi, mustahkam sogʻliq, oʻqishlariga omadlar tiladi hamda esdalik sovgʻalarini topshirib oliygohni tajribali professorlari va malakali shifokorlari doimo xalqimizga beminnat xizmat qilishga tayyor ekanligini taʼkidladi.

  Rektorimizni tashrifi oʻquvchi-bolajonlar uchun haqiqiy bayram tuhfasi boʻldi.



SamDTI matbuot xizmati