Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Institut vakillari maxsus maktab-internatda uchrashuv o‘tkazdilar

  2021-yil 1-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti farmatsiya fakulteti dekanati xodimlari, ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri A.N. Mahmudova va talabalar “3 dekabr-Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “Umidingni soʻndirma — sen yolgʻiz emassan!” shiori ostida Samarqand shahar imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan 1-son maxsus maktab-internatda tarbiyalanuvchilar bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

  Tadbirda tarbiyalanuvchilar bilan qiziqarli oʻyinlar, musobaqalar, masxaraboz tomoshalari tashkil etildi hamda bolalar oʻzlari yod olgan sheʼrlarini mehmonlarga oʻqib berdilar, soʻng uchrashuv kuy-qoʻshiqlar bilan davom etildi. Davrada tibbiy profilaktika fakulteti 2-bosqich talabasi Sardor Ochilov tomonidan koʻngilochar qoʻshiqlar ijro etildi.

  Uchrashuv soʻngida internat tarbiyalanuvchilariga esdalik sovgʻalari ulashildi. Bolalar oʻzlariga koʻrsatilgan eʼtibordan xursandliklarini izhor qilishdi.

  Maxsus maktab maʼmuriyati tomonidan tashkil qilingan tadbir uchun institutimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildirildi.