2021-yilning 30-noyabr kuni Samarqand Davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti dekani B.E. Tuxtarov rahbarligida dekan oʻrinbosarlari: P.N Fayziboyev, N.A.Muratova, tyutorlar, SamDTI Yoshlar ittifoqi faollari hamda 2-bosqich talabalari Samarqand viloyati onkologik dispanser bolalar boʻlimiga tashrif buyurdilar.
Uchrashuvdan maqsad, shifoxonada davolanayotgan bolalarning ertangi kuniga boʻlgan ishonchini oshirish, ularning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari sari intilishini kuchaytirishga koʻmaklashishdan iborat edi.
Shuningdek, tashrif davomida boʻlimda yaratilgan shart-sharoitlar, xonalarning jihozlanishi, davolash va sog'lomlashtirish tadbirlari, ovqalanish rejimi haqida ma'lumotlar bilan tanishtirdi.Turli davra suhbatlari uyushtirildi.
Tadbir soʻngida bolajonlarga shirinliklar, SamDTI va Yoshlar ittifoqining esdalik sovgʻalari hamda kitoblar ulashildi.
SamDTI matbuot xizmati