Institut xotin qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan 3-talabalar turar joyida “Zoʻravonliksiz hayot” mavzusida tadbir o'tkazildi.
Tadbirda soʻzga chiqqan institut xotin qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva, Samarqand viloyat “Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash” boshqarmasi bosh mutaxassisi F.Shokirova, Samarqand shahar hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi S.Zoxidova, stomatologiya fakulteti dekani A.Axmedovlar bugungi kunda jamiyatda xotin qizlarimizning oʻrni va mavqeyini yuksaltirish, gender tenglikni taʼminlash borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar xamda belgilangan ustuvor vazifalar, oila muqaddasligi, milliy qadriyatlarni asrash, maʼnaviyatni yuksaltirish toʻgʻrisida fikrlar bildirishib, bilimlarni uz vaqtida puxta oʻzlashtirishlari kerakligi taʼkidlab oʻtildi.
Tadbirda Samarqand shahri namunaviy mahallalar faollari, institut psixologi, stomatologiya fakulteti dekan oʻrinbosarlari,
“Qizlarjon” klubi faollari tomonidan “Zoʻravonliksiz hayot” aksiyasi utkazildi va “Taqdiringga befarq boʻlma” deb nomlangan sahna koʻrinishi namoyish etilib, tadbir ishtirokchilarida katta taʼsirot qoldirdi.
SamDTI matbuot xizmati