Samarqand davlat tibbiyot institutini asosiy tayanch davolash faoliyatini bazasi hisoblanadigan 1-son klinikada eng zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan “Nurli diagnostika Markazi” ishga tushirildi.
Tantanali ochilish marosimida institut rahbariyati, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar hamda Turkiyaning “Sogʻliq bilimlari” universiteti delegatsiyasi qatnashdi.
Institut rektori professor Jasur Rizayev o‘z nutqida ushbu markaz ochilishida klinikaning sobiq bosh shifokori dotsent N.A.Abdullayevni xizmatlarini ta’kidladi, mazkur markazni institut obro‘sini yanada ko‘tarishini, aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi ahamiyatini gapirib o‘tdi.
Mazkur markazida MRT – 1,5 tesla, MSKT – 128 kesimli, raqamli rentgenografiya va skopiya, Logik V 2 portativ UTT apparatlari (4 ta), LOGIC F 8 statsionar UTT apparati (1ta) mavjud bo‘lib ular yordamida fistulografiya, salpingografiya, xolangiografiya, angiografiya, KT va MRT-perfuziya, dopplerografiya, EXO-kardiografiya, koronarografiya va boshqa turdagi maxsus tibbiyot tekshirishlari amalga oshiriladi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-son klinikasidagi “Nurli diagnostika markazi” boʻlajak shifokorlar kadrlarning chuqur nazariy bilim olishlari va ularning vrachlik amaliy koʻnikmalarini oʻzlashtirishlari, malaka oshirishga kelgan shifokorlarga esa yangi yuqori texnologik diagnostika usullarini oʻrganishlari uchun xizmat qiladi.
SamDTI matbuot xizmati