Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Ixtisoslashgan kasb-hunar maktabida davra suhbati oʻtkazildi

  29-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutining davolash, farmatsiya fakulteti talabalari va fakultet Yoshlar ittifoqining yetakchilari tomonidan Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb-hunar maktabida davra suhbati tashkil etildi.

  Davra suhbatida kasb-hunar maktabida taʼlim-tarbiya olayotgan yetim bolalar va ota-onasi qaramogʻidan mahrum oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda sogʻlom turmush-tarziga rioya qilishlari, yoshlarni sogʻlom oila qurishga tayyorlash, yoshlar oʻrtasida irsiy kasalliklarni oldini olish toʻgʻrisida, shuningdek, yaqin qarindosh-urugʻlar oʻrtasida nikohlarni oldini olish toʻgʻrisida institut professor-oʻqituvchilari tomonidan maʼruzalar qilindi.

  Uchrashuvlardan soʻng maxsus-maktab tarbiyalanuvchilari uchun birlamchi tibbiy koʻrik oʻtkazilib, maslahatlar berildi.


SamDTI matbuot xizmati