Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​ZOʻRAVONLIKGA YOʻL YOʻQ BIZ SOGʻLOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ !

  SamDTI 1-Talabalar turar joyida institut xotin-qizlar maslahat kengashi xamda davolash fakulteti hamkorligida, talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligi A.Yu.Musayev va tyutorlar ishtirokida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasiga bagʻishlab “Zoʻravonlikka yoʻl yoq!-Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz!” mavzusida aksiya va tanlov utkazildi.

  Tadbirda xotin qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva, davolash fakulteti yeshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari D.Sh.Fayzullayevlar tomonidan talabalarga mavzu yuzasidan fikrlar bildirilib, maʼlumotlar berildi.

   Aksiyada ishtirokchilarga mavzuga oid bukletlar tarqatildi, talabalar bir ovozdan tazyiq va zoʻravonlikning barcha turlariga qarshi ekanliklarini va bunday holatlarga barham berish borasidagi tashabbusini qoʻllab quvvatladilar.

  Shuningdek talabalar oʻrtasida “Sogʻlom turmush tarzi” xamda “Kitobxonlik va kitob mutolaasi” boʻyicha tanlovlar oʻtkazilib talabalarning bu boradagi bilimlari baholandi, tanlov gʻoliblari tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.


SamDTI matubot xizmati