2021 yil 26-27-noyabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot institutida “Zamonaviy pediatriyani yutuqlari va istiqbollari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Konferensiyani asosiy maqsadi – xorijiy tibbiyot oliygohlari va ilmiy-tekshirish markazlari xodimlarini salohiyatidan foydalangan holda bolalar salomatligi tibbiyotini zamonaviy holatini muhokama etish boʻldi. Konferensiya ishida Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekistonni yetakchi pediatr-olimlari va mutaxassislari ishtirok etdilar.
Xalqaro konferensiyani ochilishida oʻzlarini qutlov soʻzlarini Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Elmira Basitxanova, Toshkent pediatriya meditsinasi instituti rektori Botir Daminov, Respublika ixtisoslashgan pediatriya ilmiy-tekshirish instituti direktori, Bosh pediatr Dilorom Axmedova, Saratov davlat tibbiyot universiteti rektori Andrey Yeremin, Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi rektori Andrey Shklyaev, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti rektori Nikolay Karyakin (Rossiya Federatsiyasi), Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti rektori Maxmadsho Kurbonali Gulzoda, Oʻzbekiston Qahramoni, TTA professori Raxmon Muxammadiev va boshqalar yoʻlladilar.
Anjumandagi yalpi majlisdan soʻng konferensiya ishi 6 ta shubalarda davom ettirildi. Ularda oʻsmirlar tibbiyoti, neontologiya, allergologiya, bolalar nevrologiyasi va nefrologiyasi, pediatriyada shoshilinch tibbiyot, endokrin tibbiyot va diabet, gastroenterologiya, metabolik kasalliklar, onkogematologiya, bolalar revmatologiyasi, bolalar kardiologiyasi kabi dolzarb yoʻnalishlar muhokama qilindi, shuningdek bolalar va yoshi kattalarda yoʻtalni davolashga zamonaviy yondashuv bagʻishlangan seminar ham oʻtkazildi. Asosiy qismdan soʻng sertifikatlar topshirish marosimi oʻtkazildi.
Samarqand davlat tibbiyot institutida oʻtkazilgan “Zamonaviy pediatriyani yutuqlari va istiqbollari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi shubhasiz respublika va mintaqamizda pediatriya sohalarini rivojlantirish, fundamental va klinik fanlar oʻqitilish sifatini yanada oshirish va malakali tibbiy kadrlarini tayyorlash hamda respublikamiz tibbiyot oliygohlari va ilmiy tekshirish markazlarini xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
SamDTI Matbuot xizmati