Samarqand davlat tibbiyot instituti xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini taʼminlash uchun xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasida professor-oʻqituvchilar va doktorantlar akademik mobilligi dasturlarini rivojlantirish maqsadida bir qator professor-oʻquvchilar Turkiyaning Istanbul madaniyat universitetiga yuborildi.
Tashrif doirasida SamDTI delegatsiyasi Istanbul madaniyat universiteti prorektori Sadrettin Panche bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida SamDTI va IMU bilan kelishilgan memorandumga asosan akademik mobillikni rivojlantirish, Turkiya universitetida institut xodimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish kabi masalalar bo‘yicha kelishildi.
SamDTI matbuot-xizmati