22-27-noyabr kunlari “INNOWEEK-2021” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Ukraina taʼlim va ilm-fan vaziri S.Shkarlet boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Oʻzbekiston va Ukraina oliygohlari rektorlari ishtirokida Toshkent, Samarqand va Buxoroda davra suhbatlari va uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi.
Shu munosabat bilan, 24-noyabr kuni Samarqand davlat universitetida “Oʻzbekiston-Ukraina taʼlim forumi” davra-suhbati tashkil qilindi. Uchrashuvda ikkala davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etib, rahbarlik qilayotgan oliygohlarini taqdimotlarini oʻtkazdilar hamda kelgusida ilmu-fan va taʼlim sohalarida hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga kelishib oldilar.
Forumda Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev chiqish qilib, hozirda institutimiz Ukrainaning I.Ya.Gorbachevskiy nomidagi Ternopol davlat tibbiyot universiteti, Donesk milliy tibbiyot universiteti, A.
SamDTI rektori J.A. Rizayev delegatsiya tarkibida tashrif buyurgan rektorlarni 14-15-dekabr kunlari institutda oʻtkaziladigan Xalqaro olimpiyadada Ukraina universitetlari talabalari borligini taʼkidlab, tibbiyot universitetlarni bu Xalqaro talabalar ilmiy tadbirida faol qatnashishga chaqirdi.
Jasur Rizayevning maʼruzalaridan soʻng Ukraina taʼlim va ilm-fan Vaziri S.Shkarlet Ukraina bilan naqadar yuqori saviyada xalqaro aloqalar oʻrnatilganini eʼtirof etib, Samarqandlik OTM rektorlaridan faollikni soʻradi.
Forum doirasida Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev va Ukrainaning Ujgorod milliy universiteti rektori Vladimir
2021-yili davomida Samarqand davlat tibbiyot institutiga 30
SamDTI matbuot xizmati