Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Institut professor-oʻqituvchilari viloyatimiz tumanlarida sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazmoqdalar

  Samarqand davlat tibbiyot institutining yetakchi professor-oʻqituvchilari xar haftaning shanba kunlari viloyatimizning tuman tibbiyot birlashmalariga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarida aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlarini amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida 2021-yil 9-noyabr kuni tibbiyot sohasidagi muammolar yechimiga oid oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishda berilgan topshiriq va vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan bajarilmoqda.

  Institut vakillari joylarda yura olmaydigan va toʻshakda yotib qolgan bemorlarning yashash xonadonlariga borib, ularni koʻrsatmaga koʻra elektrokardiografiya, oftalmoskopiya, ultratovushli tekshirishlar va umumiy koʻriklarni amalga oshirilmoqda. Tibbiy koʻriklar oʻtkazish bilan bir vaqtda aholining tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida “Yuqumli boʻlmagan kasalliklar va uning profilaktikasi”, “Sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillarini kundalik hayotga tatbiq qilish, jismoniy faollik va uning ahamiyati” boʻyicha tushuntirish, targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirlar natijasida 3-4 xavf guruhiga mansub, yuqori texnologiyali zamonaviy tibbiy yordamga muhtoj bemorlar aniqlandi, ularga davolanishlari boʻyicha amaliy yordam koʻrsatilib oilaviy shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlariga “Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi” mavzusi boʻyicha maʼruza va seminarlar ham oʻtkazildi.

Institut professor-oʻqituvchilari Oqdaryo tumanida


Professor-oʻqituvchilar TTBda mahalliy mutaxassislarga maʼruza va seminarlar oʻtkazmoqda


Institut xodimlari OP va OSHPlarda bemorlarga tibbiy koʻrik oʻtkazishmoqda va targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishdi

Aholi xonadonlarida oʻtkazilayotgan tibbiy koʻriklar



SamDTI matbuot xizmati