Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Institut vakillari Urgut tuman XTBga qarashli 7-umumiy o'rta taʼlim maktabida davra suhbati oʻtkazdilar

  Samarqand davlat tibbiyot instituti farmatsiya fakulteti “Farmakologiya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va iqtidorli talabalar tomonidan Samarqand viloyati Urgut tumani 7-son umumtaʼlim maktabida “1-dekabr — Jahon OİTSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Biz yoshlar — OITS va psixotrop moddalarga qarshimiz!” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

  Davra suhbatida OİTS va uning klinikasi, patogenezi, epidemiologiyasi va oldini olish chora-tadbirlari, yod yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar hamda boshqa bir qancha mintaqamiz uchun dolzarb boʻlib turgan mavzularda chiqishlar qilindi. Maʼruzalar tuman maktabi xodimlari va oʻquvchilari tomonidan katta qiziqish bilan iliq kutib olindi.

  Tadbir davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblarni oldilar. Uchrashuv soʻngida mazkur taʼlim dargohi bilan muntazam hamkorlik qilish boʻyicha shartnoma imzolandi.



SamDTI matbuot xizmati