Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand Davlat Tibbiyot Institutida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi

  2021-yilning 15-noyabr kuni SamDTIda “Butunjahon mikroblarga qarshi kurash haftaligi” doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ishtirokida shifokorlar, bakteriologlar, epidemiologlar, professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar uchun seminar tashkil etildi.

  Seminarda G. Abduxalilova – “Oʻzbekistonda mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik ustidan kuzatuv oʻrnatiluvchi epidemiologik nazoratni tatbiq etish”, A. Bektimirov – “Antibiotikorezistentlik – XXI asrning yashirin pandemiyasi”, N. Otamuratova – “Mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik ustidan epidemiologik nazorat qilish uchun standart diagnostikaning ahamiyati”, D. Axmedova – “Infeksion kasalliklarning ratsional antibiotik terapiyasi. JSST tomonidan ishlab chiqilgan antibiotiklarning klassifikatsiyasi”, M. Toshpoʻlatova – “Laboratoriya diagnostikasida sifatning qiymati” kabi mavzularda maʼruza oʻqidilar.

  Seminar yakunida tinglangan maʼruzalar yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga maʼruzachilar batafsil javob berishdi.



SamDTI Matbuot xizmati