Yangi Oʻzbekistonda yoshlarning gʻoya, taklif, tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, yoshlar jamoat tashkilotlari va koʻngillilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlarning taʼlim va ilm fandagi hissalarini oshirish, ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion faoliyatlarini yanada kengaytirishga jalb etish masalalarini muhokama etish maqsadida Toshkent shahrida Oliy va urta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Xalqaro Vestminster universitetida “Yangi Oʻzbekiston — yangi yoshlar” simpoziumi boʻlib oʻtdi. Anjuman ishida institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva ishtirok etdilar.
Simpoziumda respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida talabalarning mehnatga oid qonuniy huquqlarini himoya qilish orqali ularning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, talabalarning oʻqishdan tashqari faolligini oshirish, zamonaviy bilimlar va fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan barkamol avlodni tarbiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xotin-qizlarga davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar, talaba-qizlarni oilaga tayyorlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash masalalar keng muhokama qilindi.
Anjuman yakunida yoshlarning shaxsiy fazilatlari va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy farovonlikka yoʻnaltirilgan qadriyatlar tizimini shakllantirish, ularni innovatsion va start-up loyihalarga jalb etish, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash istiqbollari belgilandi.
SamDTI matbuot xizmati