Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

“Sog‘lom turmush buyuk kelajak” sport musobaqalari yakunlandi

  Samarqand davlat tibbiyot instituti Sport klubi tashabbusi bilan “Sog‘lom turmush buyuk kelajak” shiori ostida institut professor-o‘qituvchilar, injener-texnik xodimlar va talabala o‘rtasida “shaxmat” va “shashka” sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

  Musobaqalarda SamDTI qoshidagi akademik litseyi o‘quvchilari, institut kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar faol ishtirok etdilar. Musobaqalar ikki turda o‘tkazildi.

  Sport klubi tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqalarda xakamlik ishlarini “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi o‘qituvchilari o‘tkazilgan sport musobaqalarda olib bordilar.

  Musobaqalar yakuni bo‘yicha ishtirokchilar orasidan “shaxmat” va “shashka” sport turlari bo‘yicha, o‘g‘il va qiz bolalardan alohida, 1, 2 va 3-o‘rinlarga 3 tadan g‘olib aniqlandi.

   G‘oliblar va ikki tur bo‘yicha hakamlarga esdalik sovg‘alar va diplomlarni institut ilmiy kengashida topshirish rejalashtirildi.

SamDTI matbuot xizmati