Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Giyohvandlikga qarshi kurashishga bagʻishlangan uchrashuv o‘tkazildi

  10 - noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti yangi binosi faollar zalida talaba-yoshlar oʻrtasida giyohvandlikni oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

  Uchrashuvni kirish so‘zi bilan ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri A.N. Maxmudova ochib berdilar. Tadbirda ishtirok etgan Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasini mas’ul xodimlari A.Matlubov, S.Xasanov, A.Xaydarov o‘z chiqishlarida ushbu illatlarni jamiyatimiz, ayniqsa, yoshlar tarbiyasi uchun keltirib chiqaradigan zararlari haqida hayotiy misollar bilan aytib oʻtdilar. Narkotik moddalarni yosh organizm uchun hafv-hatari, ayniqsa yangi chiqqan sintetik narkotik moddalarni keng tarqalishi jamiyatimiz uchun haqqoniy tahdid ekanligini, ularni tarqatishga ko‘maklashish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali, og‘ir jinoiy javobgarlikga olib kelishi alohida ta’kidlandi. Uchrashuvda mavzuga oid koʻrgazmalar va videoroliklar namoyish etildi.

  Uchrashuv ishtirokchilarni qizgʻin savol-javoblari tarzida yakun topdi.

SamDTI matbuot xizmati