Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Mini-futbol boʻyicha “Xotira Cup” musobaqasi boʻlib oʻtdi

  Sogʻlom turmush tarzini va jismoniy madaniyatni targʻib qilish yaxshilash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi tibbiy turizm Assotsiatsiyasi tashabbusi bilan joriy yilning 30-31 oktabr kunlari Samarqand viloyatida mini-futbol boʻyicha “Xotira Cup” musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqalarga “ZARMED PRATIKSHA HOSPITAL GROUP” koʻptarmoqli tibbiyot markazi homiylik qildi.

  Musobaqalarda respublikamizning turli viloyatlar va shaharlaridan 30 dan ortiq jamoalar ishtirok etdilar. Qizgʻin kurashlardan soʻng, musobaqalar yakuni boʻyicha 1-oʻringa Toshkent shahri, 2-oʻringa Nukus shahri, 3-oʻringa Samarqand viloyati terma jamoasi loyiq deb topildi.


SamDTI matbuot markazi