Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Talabalar nazoratiga barchamiz masʼulmiz!

  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov raisligida talabalarning yashash tarzi, odob-axloqi, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish, professor-oʻqituvchilar va talabalarni oʻrtasidagi munosabatlarda odob-axloq meʼyorlariga qatʼiyan amal qilish, OTMlarda texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etish choralarini kuchaytirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati boʻyicha videokonferensiya oʻtkazildi.

  Videokonferensiya tarzida o'tkazilgan yig'ilishda Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori Jasur Rizayev boshchiligida institutning prorektorlari, dekanlar, dekan oʻrinbosarlari, xotin-qizlar maslahat kengashini faollari hamda guruhlar tyutorlari ishtirok etdilar.

  Uchrashuvdan soʻng, videokonferensiya ishtirokchilari bilan ichki majlis oʻtkazilib institutda ijro intizomi, rahbarlar, professor-oʻqituvchilar va talabalar munosabatlari, darslarda talabalarning faolligi, talabalar turar joyida va ijarada yashovchi talabalardan boxabar boʻlish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni taʼminlash, ota-onalar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, institut talabalari oʻrtasida texnika xavfsizligi borasida tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha kelishib olindi.



SamDTI matbuot xizmati