Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Oʻzbekiston tibbiyot asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi, “Yuksalish” umummilliy harakati Toshkent shahar boʻlinmasi, Samarqand davlat tibbiyot instituti oʻrtasida xamkorlik Memorandumi imzolandi

  Bugun, 28-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti, Oʻzbekiston tibbiyot asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi, “Yuksalish” umummilliy harakati Toshkent shahar boʻlinmasi ishtirokida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

  Memorandumga koʻra, tomonlarning ilmiy salohiyati va moddiy-texnik imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda xalqimizning zamonaviy tibbiy xizmatlarga boʻlgan talab va ehtiyojini qondirish, tibbiyot yutuqlaridan inson salomatligi yoʻlida oqilona foydalanish, tibbiyot tarmogʻidagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarish yoʻlidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirib, keng qamrovli ishlarning yanada ahamiyatini oshiriladi.

  Shu maqsadda oʻtkazilgan, hamkorlik memorandumi yigʻilishini “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ochib berib, 2021-yil “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi loyihasida aholi salomatligini mustahkamlashda va tibbiyot sohasida nazarda tutilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan maʼlumot berdi.

  Taʼkidlanishicha, COVID-19 pandemiyasi davrida davlatimiz rahbari tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bir qator imtiyozlar berilgan. Ushbu ishlarning davomi sifatida joriy yilning 12-oktyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan yangi qonun imzolandi. Unga koʻra “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartishlar kiritilib, tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish va ulgurji sotish uchun litsenziya olish bekor qilindi. Bularning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotganidan, Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy asbob-uskunalar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish koʻpayishini ragʻbatlantirayotganidan dalolatdir.

  Oʻzbekistonda soʻnggi 5 yilda 2164 ta tibbiy asbob-uskunalar va 1507 ta tibbiyot buyumlari roʻyxatga olingan. 2020-yilgacha Oʻzbekistonda tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi 20 ta korxona faoliyat yuritgan boʻlsa bugungi kunda ularning soni 34 taga yetdi. Ularda 100 turdagi tibbiy asbob-uskunalar, 299 nomdagi tibbiyot buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Ulardan 2020-yilda 19 turdagi, 2021-yilda 12 turdagi tibbiy asbob-uskunalar roʻyxatga olingan.

  Bugungi kun holatiga koʻra, xorijiy kompaniyalarning 224 ta tibbiy asbob-uskunalari roʻyxatga olingan. Bu xorijiy davlatlarning Davlatimizga boʻlgan qiziqishidan dalolat beradi. Yurtimizda xorijiy mamlakatlarning eng ilgʻor tibbiyot texnologiyalariga qiziqish ortib borayotganining bevosita dalilidir. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda tibbiy asbob-uskunalarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni ancha soddalashtirishga qaratilgan hukumatning qator qarorlari qabul qilingan.

  Hozirgi kunda tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarishga mahalliy ishlab chiqaruvchilar ham katta qiziqish bildirmoqdalar.

  Tadbir davomida tibbiyot fanlari doktori, professor Akram Fazilov, “Yuksalish” umummilliy harakati Toshkent shahar boʻlinmasi rahbari Dilshod Shoumarov, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda Askar Tuhtayevlarga Oʻzbekiston tibbiyot asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasining “Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot va texnika sohasida koʻp yillar xizmat va soha rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

  Mazkur hamkorlik Memorandumi uchala tomon uchun ham manfaatli boʻlib, yurtimiz istiqboli, xalqimiz salomatligi va farovon hayoti uchun xizmat qiladi.




SamDTI matbuot xizmati