Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​3-son TTJida “18-oktabr Samarqand kuni”ga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot instituti 3-son TTJida tibbiy biologiya va umumiy genetika kafedrasi oʻqituvchi-xodimlari tomonidan “18-oktabr Samarqand kuni”ga bagʻishlangan ijodiy kecha tashkil etildi.

  Tadbir davomida institut xotin-qizlar maslahat kengashi Gavhar Xudoyberdieva, tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya fakulteti dekan oʻrinbosari Nargiza Murodova hamda tibbiy biologiya kafedrasini professor-oʻqituvchilari soʻzga chiqdilar. Tadbirda buyuk ajdodlarimizdan Amir Temur, Bibixonim hamda tibbiyot ilmining asoschilaridan boʻlmish Ibn Sino bobolarimizning siymolari gavdalantirildi. Tadbir davomida talabalar oʻrtasida rassomchilik , shaxmat va shashka sport turi boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi, kitobxonlik bahslari va koʻrgazmalar kechaga oʻzgacha koʻrk bagʻishladi. “Beshta tashabbus”ga alohida urgʻu berildi.

  Bayram dasturi koʻtarinki ruhda davom etdi, talabalarni ijodiy chiqishlari barcha ishtirokchilarga bayram kayfiyatini olib keldi. Rassomchilik, shaxmat va shashka sport turi boʻyicha bellashuvlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar diplomlar bilan taqdirlandilar.





SamDTI matbuot xizmati