Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Targʻibot poyezdi” faollari bilan uchrashuv oʻtkazildi

  15-oktabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutining majlislar zalida “Saylov — 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Targʻibot poyezdi” aʼzolari tomonidan professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun navbatdagi targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

  Tadbirni institut yoshlar masalasi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Eldor Tangirov ochib berib, sanoqli kunlardan soʻng oʻtkaziladigan prezidentlik saylovi hamda uning muhim ahamiyati toʻgʻrisida gapirdi. Tadbirda “Targʻibot poyezdi” aʼzolarining, shu jumladan Samarqand davlat universiteti professori F.X. Nabieavning maʼruzalari tinglandi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini amaldagi qonunchiligi, saylovining oʻziga xos xususiyatlari, kiritilgan soʻngi oʻzgartish va qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati haqida gapirildi. Maʼruzachilar tomonidan ayniqsa talabalarning saylovlarda faol ishtirok etishlari, ularning ovozi muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

  Savob-javoblarda faol ishtirok etgan talabalarga targʻibot guruhi aʼzolari tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.





SamDTI matbuot xizmati