Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Favqulodli holatlarni oldinini olish boʻyicha talabalar bilan uchrashuv oʻtkazildi

  30 - sentabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutini 1-son klinikasida viloyat favqulodli vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda yaqinlashayotgan kuz-qish mavsumida yongʻin xavfsizligiga bagʻishlangan talabalar bilan uchrashuv oʻtkazildi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda talabalar, professor-oʻqituvchilar va dekan oʻrinbosarlari, yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat boʻlimi vakillari ishtirok etdilar, viloyat favqulodli vaziyatlar boshqarmasi masʼul xodimlari.

  Uchrashuvda chiqishlar qilgan viloyat favqulodli vaziyatlar boshqarmasi masʼul xodimi M.Soxibnazarov, institut mehnat muhofazasi boʻlimi xodimi M.Lutfullaev hamda yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti A.Orzikulov viloyatda va Samarqand shahrida yongʻinga qarshi amalga oshirilayotgan profilaktik choralar, gaz va elektr uskunalar bilan foydalanishda ehtiyotkorlik, ularni doimiy ravishda tegishli koʻrikdan oʻtkazish is gazidan asranish zarurati, faqat tegishli davlat organlari tomonidan ruxsat etilgan uskuna va asboblardan foydalanish hamda qadoqlangan yeguliklarni ehtiyotkorlik bilan isteʼmol qilish haqida batafsil tushunchalar berdilar.

  Shuningdek, uchrashuv davomida yongʻin va shunga oʻxshash boshqa favquloddagi vaziyatlar sodir boʻlganda qilinishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrgazmasi, uni oʻtkazish jarayonida amaliyotda qanday oʻt oʻchirish vositalaridan toʻgʻri foydalanish kerakligi, birlamchi yordam koʻrsatish kabi misollar amaliyotda koʻrsatildi. Bu kabi uchrashuvlar institut talabalari bilan muntazam tashkil etiladi.






SamDTI matbuot xizmati