Samarqand davlat tibbiyot instituti xotin-qizlari maslahat kengashi rahbari
Uchrashuvlarda murabbiylarga, yoshlarga, xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik va diqqat-etibor hamda imkoniyatlar, yaratilayotgan sharoitlar haqida fikrlar bildirildi, bor kuchlari, bilim va zehnlarini shogirdlariga baxshida etayotgan faxriy ustozlarimiz bayram bilan muborakbod etildilar.
Kengash faollari tomonidan institut ichki kasalliklar kafedrasida uzoq yillar jonkuyarlik bilan mehnat qilgan ustoz, mohir shifokor, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan Shoira Majidovnaning ham xolidan xabar olinib, rahbariyatning bayram tabriklari yetkazildi.
SamDTI matbuot xizmati