Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Pediatriya fakulteti birinchi kurs talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  24-sentabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida pediatriya fakultetiga birinchi kursga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Eldor Tangirov, pediatriya fakulteti dekani Sanjar Karabaev, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilot yetakchisi Xojimuxammad Abbasov hamda “SamMI UNION” talabalar assotsiatsiyasi rahbari Doniyor Karimovlar ishtirok etdilar.

  Uchrashuv davomida tashkilotchilar talabalarni kelgusida yaxshi mutaxassis boʻlib, Respublikamizga xizmat qilishi uchun yaxshi oʻqib, puxta bilim olishlari, har tomonlama yetuk boʻlishlari, yaʼni oʻz kasblarining yetuk shifokorlari boʻlishari haqida gapirdilar, institutda yaratilgan shart-sharoitlarni taʼkidladilar. Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti tomonidan institutimizning faol va iqtidorli talabalari tomonidan erishilgan yutuqlari haqida maʼlumot berib oʻtildi va talabalari qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

  Tadbir davomida birinchi kurs talabalaridan fikr-mulohazalar eshitildi, ularni berilgan barcha savollariga javoblar berildi.


SamDTI Matbuot xizmati