Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand tibbiyot institutiga universitet maqomini beriladi

  Shavkat Mirziyoyev: Samarqand tibbiyot institutiga universitet maqomini berish haqida alohida qaror qabul qilsak, oʻylaymanki, ushbu yirik oliygohning mavjud salohiyati va kelgusi rivoji uchun yanada puxta zamin yaratgan boʻlamiz.

  Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev, samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

  “Faqat nom bilan cheklanmaslik kerak, katta-katta korpuslar, yotoqxonalar qoʻrishimiz kerak. Universitetga yangi sharoitlar yaratishimiz zarur. Nom bilan emas, maqom bilan nufuzini oshiramiz. Bu tibbiyot universiteti menga juda yaqin. Har bir tumanda bu universitetning kafedralarini ochamiz va haqiqiy xalq universitetlariga aylantiramiz” deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

  Men joriy qilayotgan birlamchi tibbiyot haqiqiy namunaga aylanadi. Bu universitet tibbiyot sifati boʻyicha xalqqa manfaat keltirsin.

  Boʻlgʻusi universitetning rahbariyati, professor-domlalari oʻzlarining bilim va tajribasini toʻla safarbar etib, viloyatning barcha tuman, shahar va qishloqlarida aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish ishiga munosib hissa qoʻshadilar, deb ishonch bildiraman”, dedi amaldagi prezident.

  Aytish joizki, Prezident Sh.Mirziyoyevning, sogʻliqni saqlash tizimida koʻp yillardan buyon yechimini kutayotgan, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish uning saylov oldi dasturida pirovard maqsadlari qatorida turadi.

SamDTI Matbuot xizmati