Samarqand davlat tibbiyot institutida fan va ta’lim sohasida xalqaro aloqalar va universitetlararo hamkorlik munosabatlarini kengaytirish ishlari izchil amalga oshirilib kelinmoqda.
Institutda yangi ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quv va ilmiy faoliyat uchun innovatsion yondashuvlarni keng tadbiq etish maqsadida ilmiy — pedagogik ishlar samarodorligi oshirilib, amaliy sog‘liqni saqlash uchun mutaxassislar tayyorlash darajasi oshirilib borilayapti.
Ta’lim jarayonlarida akademik mobillikni yanada kengaytirish maqsadida, Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi rektori tibbiyot fanlari doktori, professor, klinik va fundamental tibbiyot fanlar akademiyasi akademigi Mirzabek Mirzashevich Rusbekov Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
JQTA rektori Mirzabek Risbekov va Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori professor Jasur Rizayev kelgusida SamDTI hamda JQTA talabalarining o‘quv jarayonini integratsiyasini yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilar bilan mahorat almashish, o‘qitishning faol usullari bilan o‘zaro tajriba almashishga kelishib oldilar.
Xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, professor – o‘qituvchilar, magistrlarning ilmiy faoliyatini hamkorlikda yo‘lga qo‘yishda ikki tomonlama manfaatli rejalar tuzildi.
M. Risbekov institutning yangi bosh binosiga tashrifi buyurib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi.
SamDTI matbuot xizmati