Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Birinchi kurs talabalari uchun kutubxona bilan tanishuv oʻtkazildi

  2021-yil 16-sentabr kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti Axborot-resurs markazi kutubxonasiga farmatsiya fakulteti birinchi kurs talabalari tashrif buyurishdi. Talabalarni ARM direktori G.I. Xudayberdieva kutib olib kutubxonani barcha boʻlimlari bilan tanishtirdilar.

  Birinchi boʻlib ilmiy abonement boʻlimi bilan tanishdilar. Bu yerda maʼlum bir muddatga hujjat bilan tibbiy yoʻnalishdagi kitoblar va boshqa sohadagi kitoblardan olishlari mumkin. Keyingi boʻlim “Elektron kutubxona” boʻlib, bu yerda talabalarga elektron kitoblarni yaratilishi haqida aytildi hamda ulardan qanday foydalanish toʻgʻrisida izohlar berildi. Bibliografik-axborot boʻlimida talabalarni yangi Rossiya tibbiy jurnallari va Rossiyadan keltirilgan adabiyotlar bilan birga bu boʻlimda yana qanaqa xizmatlar koʻrsatilishi haqida gapirildi. Kutubxona doimiy tarzda eng zamonaviy oʻquv adabiyotlar, shu jumladan xorijiy tillarda, boyitib kelayotganligi alohida taʼkidlandi.

  Oʻquv zali boʻlimida talabalarga xohlagan mavzusida tibbiyot va boshqa soha boʻyicha kitoblar, ilmiy jurnallar va boshqa turdagi adabiyotlar olish mumkinligi aytildi. Yana oʻquv zalida dissertatsiya, avtoreferatlar va magistrlik loyihalari uchun buyurtma berish ham mumkinligi tushuntirildi.

  Talabalar boʻlimida faqat SamDTI talabalariga xizmat koʻrsatiladi. Bu yerda ularga oʻquvchi chiptasi orqali oʻquv adabiyotlari uyda foydalanishlari uchun beriladi. 1-2 kurs talabalari uchun komplekt-darsliklar beriladi, yuqori kurslar uchun esa adabiyotlar maʼlum bir siklga beriladi.

  Kutubxona tashrifidan keyin talabalar qiziqtirgan savollariga javob olishdi va rahbariyatga qiziqarli ekskursiya uchun minnatdorchilik bildirishdi.

  Bu kabi tanishtirishlar boshqa fakultetlarni birinchi kurs talabalari bilan ham oʻtkazilmoqda.


SamDTI matbuot xizmati