Samarqand davlat tibbiyot instituti xalqaro taʼlim fakultetida uchta Klinik psixologiya, Sogʻliqni saqlash menejmenti hamda Oliy hamshiralik ishi yo'nalishlari bo'yicha kirish imtihonlari boʻlib oʻtdi.
Abituriyentlar kirish imtihonlarini ikki bosqichda topshirishdi:
1-bosqichda Biologiya, Rus tili va Matematika bloklari boʻyicha test sinovidan o'tgan bo'lsa, 2-bosqichda esa abituriyentning aqliy salohiyatini va dunyo qarashini baholash maqsadida komissiya aʼzolari tomonidan suhbat oʻtkazildi.
SamDTI Matbuot xizmati