Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTI va Belorussiya oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi hamkorlik yanada kengaydi

  Bugun Belorussiya davlat texnologiya universiteti rektori professor Voytov I.V., V.A.Belogo nomidagi ilmiy tekshirish instituti direktori professor Grigoryev A.Ya., kimyo instituti direktori akademik Agabekov V.Ye. boshchiligidagi delegatsiya hamda I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi “Fan va taraqqiyot” DUK korxonasi direktori professor N.S.Abedlar Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurishdi.

  Tashrif davomida kimyo meditsinaning asosiy fanlardan biri ekanligini hisobga olgan holda institutlar oʻrtasida oʻzaro aloqalar oʻrnatildi. Kimyoni tibbiyotdagi, farmatsiyadagi oʻrni, vazifalari, Belorussiya ilmiy tekshirish institutlarida olib borilayotgan ilmiy ishlar yuzasidan davra suhbati olib borildi. Oʻzaro tajribalar almashish yuzasidan kelajak rejalar tuzildi.

  Tadbir doirasida mehmonlarga institutimiz tomonidan esdalik sovgʻalari topshiridi.



SamDTI Matbuot xizmati