Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalari "El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasiga sazovor bo'ldilar

  Bugun Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida Bosh vazir oʻrinbosari B.Musayev, Sogʻliqni saqlash vaziri A.Xadjibayev, «El-yurt umidi» jamgʻarmasi rahbariyati va boshqa xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 1-iyuldagi PQ-5169-sonli Qarori asosida 38 nafar abiturient N.I.Pirogov nomidagi RMTTU ordinaturasiga qabul qilingan va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalarini olishga tavsiya etilganlar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

  Tantanali uchrashuvda Sogʻliqni saqlash vaziri A.Xadjibayev kelgusida yurtimizga xizmat qiladigan, uning ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshadigan, tibbiyot sohasining yetuk mutaxassisi boʻlishni orzu qilgan va gʻolib boʻlgan boʻlgʻusi shifokorlarni muborakbod etib, taqdirladi.

  Quvonarli jihati shundaki, Samarqand davlat tibbiyot institutidan ham 5 nafar talaba “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasini olishga muyassar boʻldi. Gʻoliblarga Sertifikatlar topshirildi.


SamDTI Matbuot xizmati