Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Klinik ordinatura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturi asosida imtihonlar boʻlib oʻtdi.

  Bugun 30- avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida 2021/2022 oʻquv yili uchun Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturi asosida Klinik ordinatura mutaxassisliklari boʻyicha imtihonlar boʻlib oʻtdi.

Nomzodlar quydagi yo'nalishlarda test imtihonlarini topshirishdi:

1. Terapevtik stomatologiya

2. Xirurgik stomatologiya

3. Ortodontiya

4. Ortopedik stomatologiya

5. Yuz-jagʻ jarrohligi

6. Allergologiya va immunologiya

7. Yuqumli kasalliklar

8. Yurak-qon tomir jarrohligi

9. Endokrinologiya

10. Urologiya

11. Travmatologiya va ortopediya

12. Radiologiya

13. Gastroenterologiya

Oʻqishga qabul qilinganlar 1+1 shaklida 2 yil davomida taʼlim olishadi.

  Test sinovlari shaffof va haqqoniy oʻtishi maxsus komissiyasi tomonida taʼminlandi, imtihon jarayonini erkin kuzatish imkoniyati yaratildi, testlar Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti tomonidan tuzilgan va ushbu universitet sayti orqali amalga oshirilgan boʻlib bu yanada shaffof oʻtkazish imkonini berdi.


SamDTI Matbuot xizmati