Oʻzbekistonning yangi tarixi...bu qisqa biroq shonli yoʻl shu muqaddas yurtda yashayotgan har bir inson taqdiri bilan chambarchas bogʻliq. Koʻnglimizni togʻday koʻtargan yutuq va muvaffaqiyatlarimiz zamirida har bir Oʻzbekistonlikning oz boʻsada oʻrni bor.
Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan minglab vatandoshlarimiz davlatimizning eʼtirofi va hurmati ramzi sifatida maxsus koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandilar.
Ular orasida Samarqand davlat tibbiyot institutining professor-oʻqituvchilari ham bor.
Ular Vatanimiz ravnaqi yo’lida chinakam mehnat qildilar. El boshiga ish tushganida odamlar dardiga darmon boʻldilar. Ayni yozning jaziramasida Covid zonalarda, qizil hududlarda haqqoniy sadoqat namunalarini koʻrsata oldilar.
Bugun xalq dardi bilan yashayotgan insonlar mehnati eʼtirof etilib, bu iqror shonli tariximiz zarvaraqlariga muhrlab qoʻyildi.
Biz ham koʻp ming sonli jamoamiz nomidan muborak bayram arafasida nomlari katta hurmat bilan eʼtirof etilganlarni tabriklaymiz!