Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Institutda umumxalq hashari oʻtkazildi

  Bugun 21-avgust kuni, xalqimizni eng muqaddas bayrami – Istiqlolimizni 30-yilligi arafasida “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari oʻtkazildi.

  Erta tongdan Samarqand davlat tibbiyot institutini maʼmuriyati vakillari, professor-oʻqituvchilar, xizmatchi xodimlar oʻzlari mehnat qilayotgan hududlarni, ariq, koʻchalarni obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash, biriktirilgan binolarni hamda texnik jihozlarni tozalash ishlariga faollik bilan bel bogʻladilar.

  Har yili oʻtkazib kelinadigan anʼanaviy hashar yurtdoshlarimizni Vatan ravnaqi uchun fidoyi boʻlish, uni yana-da obod etish, shu bilan birga, xalqimiz ruhiyatini koʻtarish, milliy qadriyatlarimizni ulugʻlash va mustaqilligimizning 30 yillik bayramini munosib kutib olishga xizmat qiladi.


SamDTI matbuot xizmati