Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTI vakillari M.V.Lomonosov nomidagi MDUni fundamental tibbiyot fakultetida muzokaralar o‘tkazdilar

  Rossiya Federatsiyasiga xizmat safari doirasida Samarqand davlat tibbiyot instituti delegatsiya vakillari – ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Shuxrat Ziyadullaev va klinik ordinatura boʻlimi boshligʻi Alisher Xazratov M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti fundamental tibbiyot fakultetiga tashrif buyurdilar.

  Tashrif davomida institutimiz vakillari fundamental tibbiyot fakulteti dekani, Rossiya FA aʼzosi, professor Vsevolod Tkachuk va MDU tibbiyot ilmiy-taʼlim Markazini direktori oʻrinbosari t.f.n., dotsent Janna Akopyan bilan muzokaralar oʻtkazdilar. Doʻstona muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yoʻnalishlari hamda istiqbolli loyihalar haqida kelishib olindi.

  Shuningdek, institutimiz vakillari tibbiyot ilmiy-taʼlim Markaz xodimlari hamrohligida MDU fundamental tibbiyot fakulteti regenerativ tibbiyot va patologik anatomiya ilmiy-tekshirish laboratoriyalarini ham koʻzdan kechirdilar.



SamDTI matbuot xizmati