Bugun 2021-yil 6-iyul kuni Samarqand davlat tibbiyot institutini yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori Eldor Tangirov boshchiligida bir guruh xodimlar Samarqand shahar 121-son maktabgacha taʼlim muassasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida institut vakillari 121-son MTMda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, yoshlar bilan ularni xayoti orzu-istaklari haqida suhbatlar uyushtirdilar. Uchrashuv davomida institut tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotgan 30 nafar “Vatanparvar” guruhi a’zolariga esdalik sovgʻalar topshirildi.
Uchrashuv yakunida yosh avlodni tarbiyalashda ko'rsatilayotgan faolligi uchun 121-MTM direktori D.Fayziyevaga institut rahbariyatini tashakkurnomasi topshirildi.
SamDTI matbuot xizmati