26 iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot institutini 1-son klinikasida Toshkent tibbiyot akademiyasi “Anesteziologiya” kafedrasi professori Vyacheslav Yervandovich Avakovni “Bosh miya ishemiya sindromi” mavzuida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mahorat darsda institut “Anesteziologiya va reanimatologiya”, “Nevrologiya va neyroxirurgiya” kafedrasini professor-o‘qituvchilari, klinika vrachlari ishtirok qildilar.
Ma’ruzada prof. V.Ye.Avakov bosh miya ishemik kasalliklar bo‘yicha eng zamonaviy ma’lumotlarini keltirib, uning anatomik va fiziologik hamda patologik jihatlarini keltirdi, mazkur patologiyada qilinishi lozim bo‘lgan xarakatlarni ko‘plab amaliyotdan misollarni keltirib tushuntirib berdi. Mahorat darsidagi ma’ruza, ma’lumotlarga boy slayd taqdimotlari hamda bosh miyani ishemik patologiyadan zarar ko‘rgan qismlar rasmlari orqali ko‘rsatilib tushuntirildi.
O‘tkazilgan mahorat darsi ishtirokchilarni katta qiziqishlarini uyg‘otdi. Barcha berilgan savollariga ishtirokchilar asoslangan va to‘liq javoblarni oldilar.
SamDTI matbuot xizmati